Abduqodir Husanov JCH-2026 ning eng tezkor futbolchilari safida eʼtirof etildi
FIFA maʼlumotlariga koʻra, JCH-2026 da eng yuqori tezlik koʻrsatkichini qayd etgan futbolchilar oʻntaligi quyidagicha koʻrinish olgan.
Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA) oʻzining rasmiy saytida 2026-yilgi jahon chempionati yakunlariga bagʻishlangan rasmiy statistik maʼlumotlarni eʼlon qildi.
Eʼtiborli jihati, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va «Man Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov musobaqa davomida 36,46 km/soat tezlik namoyish etib, turnirning eng tezkor futbolchilari roʻyxatida 6-oʻrinni egalladi.
FIFA maʼlumotlariga koʻra, JCH-2026 da eng yuqori tezlik koʻrsatkichini qayd etgan futbolchilar oʻntaligi quyidagicha koʻrinish olgan:
- Kilian Mbappe (Fransiya) — 37,61 km/soat;
- Antoni Elanga (Shvetsiya) — 37,16 km/soat;
- Mikki van de Ven (Niderlandiya) — 36,77 km/soat;
- Djordan Bos (Avstraliya) — 36,67 km/soat;
- Erling Holand (Norvegiya) — 36,52 km/soat;
- Abduqodir Husanov (Oʻzbekiston) — 36,46 km/soat;
- Bredli Barkolya (Fransiya) — 36,32 km/soat;
- Djed Spens (Angliya) — 36,22 km/soat;
- Teo Ernandes (Fransiya) — 36,17 km/soat;
- Nelson Semedu (Portugaliya) — 35,90 km/soat.