Abduqodir Husanov jamoasi muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Fransiyaning “Lans” klubi safida Angliyaning “Arsenal” jamoasiga qarshi Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvida maydonga tushdi.
"Manchester Siti" Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turida o‘z maydonida "Koventri Siti"ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu "shaharliklar"ning joriy mavsumdagi uchinchi g‘alabasi bo‘ldi.
"Etihad" stadionida kechgan uchrashuvda Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning asosiy tarkibida maydonga tushib, bahsni to‘liq o‘tkazdi. O‘zbekistonlik himoyachi 79 ta uzatmaning 75 tasini aniq amalga oshirib, 95 foizlik samaradorlik qayd etdi. Shuningdek, futbolchi to‘pga 92 marta teginib, sakkizta yakkakurashning barchasida ustun keldi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, "Flashscore" portali Abduqodir Husanovning harakatlarini 7,1 ballga baholagan bo‘lsa, "Sofascore" unga 7,0 ball qo‘ydi.
Qayd etish joizki, "Manchester Siti" Premyer-liganing dastlabki uch turida uchta g‘alabaga erishib, 9 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Koventri Siti" esa uchala uchrashuvda ham mag‘lubiyatga uchragan.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA