Abdulloyev Afzal Sarxadovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Pastki jag‘ sinishida nevritni davolashni takomillashtirish” mavzusida
Abdulloyev Afzal Sarxadovichning 14.00.21 - “Stomatologiya” ixtisosligi bo‘yicha “Pastki jag‘ sinishida nevritni davolashni takomillashtirish” mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Samarkand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 18-oktyabr kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140100, Samarkand shahri, Amir Temur ko‘chasi 18-uy. Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Tel.: (99866) 233-08-41;
e-mail: sammu@sammu.uz