Abdulla Qahhor – tengsiz ijodkor
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi, Abdulla Qahhor uy-muzeyi bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 115 yilligi hamda adib uy-muzeyi tashkil etilganiga 35 yil to‘lgani munosabati bilan “Abdulla Qahhor -- tengsiz ijodkor” mavzusida adabiy, ilmiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Abdulla Qahhor milliy adabiyotimizning turli janrlarida samarali ijod qilgan hassos so‘z ustasi ekani ta’kidlandi.
Uning asarlari asosida kinofilmlar yaratilgan. Bir qator asarlari mamlakatimiz teatrlarida hamon muvaffaqiyat bilan qo‘yilmoqda.

Atoqli yozuvchimiz merosini targ‘ib etishda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda adibning uy-muzeyi faol ishlar olib bormoqda. Tashkil etilayotgan anjumanlar, ochiq darslar, ijodiy muloqotlar davomida Abdulla Qahhor ijodining betakrorligi, qadr-qimmati yoshlarga keng tushuntirilmoqda.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Abdulla Qahhor adabiy merosi va uy-muzeyida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.
O‘zbekiston xalq hofizi Hasan Rajabiy mumtoz qo‘shiqlardan namunalarni ijro etdi. Teatr san’ati ustalari adibning “Ayajonlarim”, “Tobutdan tovush” dramalaridan parchalar ijro etdi.
N.Usmonova,
O‘zA muxbiri