Abduganiyeva Arofat Ermaxamatovnaning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“O‘tkir ichak infeksiyalarining epidemiologik xususiyatlari tahlili asosida profilaktik chora-tadbirlarni optimallashtirish” mavzusida
Abduganiyeva Arofat Ermaxamatovnaning 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot ixtisosligi bo‘yicha “O‘tkir ichak infeksiyalarining epidemiologik xususiyatlari tahlili asosida profilaktik chora-tadbirlarni optimallashtirish” mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.06/2025.27.12.Tib.21.02 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 5-iyun kuni soat 9:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Farg‘ona shahar, 150100, Ozodlik ko‘chasi, 1-uy. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 2-o‘quv binosi
Tel.: +998(95) 202-23-45; faks: +998(95) 202-23-45
e-mail: info@fjsti.uz