AQSH uchun Yevropaga yo‘l Portugaliyadan o‘tadimi?
AQSH davlat kotibi Marko Rubio Portugaliyani Amerika kompaniyalari Yevropa bozoriga kirishi uchun “eng qulay darvoza” deb atadi. Lissabondagi uchrashuvlar chog‘i u ikki davlat iqtisodiy aloqalari va NATO doirasidagi harbiy hamkorligini mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.
Rubio Bosh vazir Luish Montenegru bilan uchrashdi. Davlat kotibi Lajesh harbiy aviatsiya qo‘nalg‘asidan Eron bilan bog‘liq amaliyotda foydalanish imkoni uchun Portugaliyaga minnatdorlik bildirishi kutilgan edi. Mamlakatda mazkur bazadan foydalanish qonuniyligi yuzasidan savollar paydo bo‘lgan: Prokuratura so‘rovni ko‘rib chiqmoqda, tashqi ishlar vaziri Paulu Ranjel esa AQSHga berilgan ruxsat xalqaro huquqni buzuvchi harakatni qamrab olmasligini aytgan.
Rubio Lissabon mudofaa xarajatini oshirishga intilishini ham olqishlab, NATO davlatlari harbiy salohiyatini kuchaytirishi zarurligiga urg‘u berdi. Uning fikricha, o‘tgan yil Amerika sarmoyadorlari Portugaliyaga 20 milliard dollardan ko‘p mablag‘ kiritgan, Mahalliy kompaniyalarining AQSHdagi sarmoyasi esa 2 milliard dollardan oshgan. Shuningdek, ikki davlat idoralari giyohvand moddalar savdosiga qarshi sheriklik doirasida so‘nggi yillarda 200 tonna kokainni musodara qilgan.
Musulmon Ziyo, O‘zA