Ayollar bandligi va tadbirkorligi o‘rganilmoqda
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan Xorazmda ayollarning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorligini rivojlantirish holati o‘rganilmoqda.
Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Orzigul Kozixonova boshchiligidagi mazkur ishchi guruh a’zolari Yangibozor tumanida bo‘lib, mavjud resurslarga tayangan holda mahallalarda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish bo‘yicha tuman shtabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.


Shuningdek, tumanning “Do‘stlik” va “Yangiyop” mahallalarida “yettilik” a’zolari ish faoliyati hamda kasb-hunar markazida vaucher asosida kasb-hunarga o‘qitilayotgan va ish bandligi ta’minlangan xotin-qizlar bandligi o‘rganildi.
Ahmadjon Shokirov, O‘zA muxbiri