9 mart voqealari qisqa satrlarda
AQSH. Istanbul ─ Nyu-York yoʻnalishida parvoz qilgan samolyotning Kennedi aeroportiga qoʻnish jarayonidagi kuchli silkinish oqibatida 30 ga yaqin odam jarohatlandi
AQSH. Istanbul ─ Nyu-York yoʻnalishida parvoz qilgan samolyotning Kennedi aeroportiga qoʻnish jarayonidagi kuchli silkinish oqibatida 30 ga yaqin odam jarohatlandi.
Iroq. Mamlakatning Suriya bilan chegara hududida Suriya tomonidan harakatlanib kelayotgan vertolyotning bino ustiga qulashi oqibatida 3 nafar mahalliy aholi halok boʻldi.
Suriya. Mamlakatning 16 ta aholi yashash puktlariga jangarilar tomonidan qurolli hujum amalga oshirildi.
AQSH. Arkanzas va Texas shtatlarida yuz bergan kuchli tornado oqibatida 20 ming kishi elektr energiyasi taʼminotidan uzilib qoldi.
Serbiya. Mamlakatning yirik shaharlari boʻylab Prezident va hukumat boshqaruviga qarshi norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi.
Iroq. Bogʻdodda Xalqaro mudofaa koʻrgazmasi ish boshladi. 12 martgacha davom etadigan koʻrgazmada dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlaridan soha tashkilot vakillari ishtirok etmoqda.
Meksika. Salamanka shahridagi qahvaxonalardan biriga qurolli guruh tomonidan amalga oshirilgan hujum oqibatida 15 kishi halok boʻldi.
Fransiya. “Sariq nimchalilar” harakatining navbatdagi namoyishlarida 7 ming aholi ishtirok etdi.