82,8 million so‘m aliment qarzi to‘liq undirildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarafshon tumanlararo sudining 15.10.2012-yildagi ijro varaqasiga ko‘ra, qarzdor G.O.dan undiruvchi N.S. foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun 1/3 miqdorda aliment undirish belgilangan.
Byuroning Navoiy shahar bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi doirasida qarzdor bilan aliment majburiyatlarini bajarish yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borilib, mavjud qarzdorlikni bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Natijada qarzdorning 82 million 800 ming so‘m miqdoridagi aliment qarzdorligi to‘liq undirilib, farzandlar ta’minoti uchun yo‘naltirilishi ta’minlandi.
Majburiy ijro byurosi davlat ijrochilari tomonidan aliment undiruvlarini ta’minlash, farzandlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda sud hujjatlarining ijrosini ta’minlash borasida zarur choralar izchil davom ettirilmoqda.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri