80-sonli ixtisoslashtirilgan maktabdagi holat yuzasidan munosabat bildirildi
Rasmiy munosabat
Olmaliq shahridagi 80-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatida o‘qituvchilarga o‘quvchi topish topshirilgani yuzasidan.
Olmaliq shahridagi 80-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati — Toshkent viloyatidagi kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yagona maktab internati hisoblanadi.
Maktab internatiga bolalar Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasining yo‘llanmasi asosida qabul qilinadi.
Shuningdek, Sirdaryo viloyatida ham bu yo‘nalishdagi ixtisoslashtirilgan muassasa mavjud bo‘lmaganligi sababli ushbu viloyatdagi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ham ta’lim bilan qamrab oladi.
Kar va zaif eshituvchi bolalarni ta’limga jalb qilish va to‘liq qamrab olish uchun mikrohudud (Toshkent viloyati) bo‘yicha shahar va tumanlar Sog‘liqni saqlash bo‘limlaridan shu toifadagi bolalar ro‘yxati olinadi va maktab yoshidagi bolalar ta’limga jalb qilinadi.
Pedagog xodimlarga dars taqsimoti amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, shakllantirilgan sinflar sonidan kelib chiqib taqsimlanadi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ta’limdan chetda qolishini oldini olish maqsadida ushbu toifadagi farzandlari bor ota-onalarga umumiy o‘rta ta’lim majburiyligini va bu bolalarning ta’lim olishlari uchun yetarli sharoitlar mavjudligini targ‘ib qilish hamda tushuntirish ishlarini olib borish ijobiy natija beradi.
O‘rganishlar natijasida maktab rahbariyati tomonidan o‘qituvchilarga o‘quvchi topish yuzasidan topshiriq berganligi o‘z tasdig‘ini topmaganligini ma’lum qilamiz.
Xalq ta’limi vazirligi
matbuot xizmati
O‘zA