8 mahkum muddatidan oldin ozod qilindi
Jazodan ozod qilingan shaxslarning oʻz uyiga qaytishi oilasida tinchlik-xotirjamlikni taʼminlash bilan birga, davlatga, sud hokimiyatiga boʻlgan ishonchni taʼminlaydi.
Davlatimiz rahbarining 2020-yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yana-da takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni Oʻzbekiston sud hokimiyatining tom maʼnodagi mustaqilligi va xolisligiga erishish, uni rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasida oʻzini oqlagan xalqaro standartlarga moslashtirish, jamiyatda qonuniylikni taʼminlash yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro viloyati Vobkent tumani sudi tomonidan 8 nafar mahkumni belgilangan jazo muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar koʻrib chiqildi.
– 8 nafar mahkum jazoni oʻtash muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, – deydi Jinoyat ishlari boʻyicha Vobkent tumani sudi raisi A.Raximov. – Kechirimlilik, bagʻrikenglik oʻzbek xalqiga xos qadriyatimizdir. Jazodan ozod qilingan shaxslarning oʻz uyiga qaytishi oilasida tinchlik-xotirjamlikni taʼminlash bilan birga, davlatga, sud hokimiyatiga boʻlgan ishonchni taʼminlaydi.