717 nafar mahkum hunar o‘rganmoqda
Hunarmand uyushmasining matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, qirqqa yaqin jazoni ijro etish muassasasida mahkumlarni usta-shogird an’anasi asosida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga tayyorlash kurslari tashkil etildi.
Hunarmand uyushmasining matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, qirqqa yaqin jazoni ijro etish muassasasida mahkumlarni usta-shogird an’anasi asosida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga tayyorlash kurslari tashkil etildi.
Bunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2019 yil 29 yanvardagi “Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning mehnat bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Unga ko‘ra, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni kasb-hunarga o‘rgatish orqali kelgusida jamiyatga ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, ularning mehnat bilan bandligini ta’minlash, iqtidorli mahkumlarni aniqlash, ularning kelajakda usta-hunarmand bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashiladi. Shu maqsadda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Buxoro viloyati hududida joylashgan jazoni ijro etish muassasasida mahkumlarni usta-shogird an’anasi asosida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga tayyorlash kurslari tashkil etildi. Unga tajribali usta-hunarmandlar jalb etilib, mazkur kurslarni tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Hozirda bu kurslarga 717 nafar mahkum jalb qilinib, hunarmandchilikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha hunar o‘rganmoqda.
Jazoni ijro etish muassasalarida Uyushmaning hududiy boshqarmalari tomonidan xalq hunarmandchiligi va amaliy san’at sohasida katta tajribaga ega usta-hunarmandlar ishtirokida seminarlar, davra suhbatlari va mahorat darslarini o‘tkazilmoqda.
O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan mahkumlarga “Hunarmand” uyushmasining maxsus sertifikatlari taqdim etadi.