70 yoshli faxriyga tug‘ilganlik guvohnomasi berildi
Namangan viloyati Kosonsoy tumani Movarounnahr mahallasida istiqomat qiluvchi Muhammadxon Amonullayev tuman adliya bo‘limi huzuridagi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limiga ariza bilan murojaat qildi.
Uning murojaati o‘rganilganda, 1955 yili tavallud topgan fuqaro turli sabablar bilan tug‘ilganlik guvohnomasi qayd etilmagani ma’lum bo‘ldi. Kosonsoy tumani FHDYO bo‘limi fuqaroning arizasiga asosan dalolatnoma yozuvini tiklab, tug‘ilganlik haqida guvohnomasi rasmiylashtirildi.
– Yurtimizda inson qadrini ulug‘lash yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga javoban viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabullar, shuningdek, tuman (shahar) adliya bo‘limlari xodimlarining joylarda olib borayotgan tushuntirish targ‘ibot tadbirlari o‘zining ijobiy samarasini bermoqda, – deydi Kosonsoy tumani FHDYO bo‘limi mudiri Oylarxon Oxunova. – Fuqarolarning yillar davomida to‘planib qolgan muammolariga qonuniy yechim topilmoqda. Asosiysi, murojaat etuvchilarning roziligi ta’minlanib, davlat idoralariga bo‘lgan ishonchi ortmoqda.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA