7 mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 7 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-5, kunduzi 9-11 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda yomg‘ir yog‘adi, yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu Navoiy viloyatining ba’zi tumanlarida 25-30 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 7-12, Navoiy viloyati shimolida kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu Jizzax viloyatining ba’zi tumanlarida 25-30 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib (yomg‘ir, qor), tuman tushishi kutilmoqda. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Bu kuchayish ba’zi tumanlarda 22-27 metrgacha tezlashishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
6 mart kuni respublikamiz shimoli va cho‘l hududlarida, 7-8 mart kunlari boshqa hududlarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu Navoiy va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida 25-30 metrgacha tezlashishi kutilmoqda.
7 mart kuni va 8 martga o‘tar kechasi respublikamiz bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi. Tog‘oldi va tog‘li tumanlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi.
Kunduzi harorat 7-10 daraja illiqqacha pasayadi.
6-11 mart kunlari respublikamizning tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
O‘zA