6 yoşli bolalar maktabga tayyorlov dasturi doirasida taʼlim oladi
Bugungi kunda 6 yoşli bolalarning 98 foizi maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olingan. 20 ming bola esa tayyorlovga qamrab olinmagan. Endilikda bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining taʼlim dasturini majburiy umumiy örta taʼlimning dastlabki bosqiçi sifatida joriy etiş taklif etilmoqda.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yiğilişida uşbu tartiblarni öz içiga olgan, maktabgaça va maktab taʼlimi tizimi integratsiyasini taʼminlaşga qaratilgan qonun loyihasi körib çiqildi.
Taʼlim va ilm-fan vaziri örinbosari Mehriniso Pardayeva taʼkidlaganidek, maktabga tayyorlov majburiy umumiy örta taʼlimga kiritilişi bolalarning maktab taʼlimiga puxta tayyorgarlik körişini taʼminlaydi hamda taʼlim bosqiçlari örtasidagi uzviylikni mustahkamlaşga xizmat qiladi. Şuningdek, taʼlim tizimining xalqaro miqyosda tan olinişi hamda fuqarolarning xorijiy davlatlarda taʼlim oliş imkoniyatlari kengayişiga asos böladi.
Qonun loyihasi bilan taklif etilayotgan tartibga köra, olti yoşga tölgan bolalar maktabga tayyorlov dasturi doirasida taʼlim oladi va ularga beriladigan umumiy örta taʼlim töğrisidagi hujjat — attestatda 12 yillik taʼlim olgani aks ettiriladi. Bu esa xorijda öqişni davom ettiriş uçun qöşimça bir yillik tayyorgarlikka ehtiyojni kamaytirişga xizmat qiladi.
Muhokamalarda fraksiya aʼzolari tomonidan bir qator savol va takliflar örtaga taşlandi. Jumladan, deputat Irina Tokareva partiya dasturiy vazifalaridan kelib çiqqan holda maktabga tayyorlov guruhlarida bolalar taʼlimi bilan boğliq xarajatlarni qoplaş tartibiga aniqlik kiritiş, bunda köp farzandli oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy şaroitini ham inobatga oliş lozimligini taʼkidladi.
Şuningdek, yiğilişda yana bir qator masalalar ham körib çiqilib, tegişli qarorlar qabul qilindi.
Muhtarama Komilova,
Otabek Mirsoatov (surat),
ÖzA