50 dan ortiq xalqaro brend: “City Mall” qöşni davlatlardan sayyohlarni jalb qilmoqda
Prezidentimiz turizm obʼektlarining yil davomida tölaqonli faoliyat yuritişini taʼminlaydigan xizmat va köngiloçar yönalişlarni köpaytiriş zarurligini qayd etdi.
Poytaxtdagi “City Mall” savdo markaziga 50 dan ortiq xalqaro brend jalb etilgani qöşni mamlakatlardan xarid qiliş uçun keluvçilar sonini oşirmoqda. Şunday tajribani Samarqand, Buxoro va Xivada ham kengaytiriş mumkinligi körsatib ötildi.
Hududlarda qurilayotgan kongress markazlari, yirik mehmonxonalar va turistik majmualardan xalqaro tadbirlar uçun samarali foydalaniş muhimligi taʼkidlandi.
Bundan buyon har bir vazir öz sohasidagi xalqaro taşkilotlarning yiliga kamida 3-4 ta forumi, konferensiyasi yoki körgazmasini Özbekistonda ötkazişga masʼul böladi.
Boş vazirga vazirliklar böyiça xalqaro tadbirlarning ikki yillik rejasini tasdiqlaş va ularni taşkil etiş tartibini soddalaştiriş topşirildi.
ÖzA