462 million so‘m mablag‘ iste’molchiga qaytarildi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasiga Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yashovchi fuqaro Keldiyar Eshqobilov tomonidan yozma murojaat kelib tushdi.
Mazkur murojaatda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yashovchi fuqaro Keldiyar Eshqobilov 2017 yil 12 iyunda «Shovot maxsus bino qurilish» MCHJ ga jami 3 ta xonadon sotib olish uchun murojaat qiladi.
Fuqaro va korxona o‘rtasida oldi-sotti shartnoma tuzilib, shartnomaning 2.2 bandiga asosan belgilangan 420 000 000 ( to‘rt yuz yigirma million so‘m) summaning 25 %ni 10 ish kunida bankka to‘lagan.
Qolgan qismini esa 2018-2019 yillar mobaynida turli bank kassalari orqali to‘lovni amalga oshiradi. Qarshi shahar hokimining qaroriga asosan ushbu ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilgan bo‘lsa-da,biroq, bank tomonidan kredit kafolati asosida fuqaroning uyi ham garov taqiqqa uchragan va fuqaro uysiz qolganligi ta’kidlangan.
Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi murojaat bo‘yicha sudga ariza kiritdi va sud qaroriga asosan fuqaroga «Shovot maxsus bino qurilish» MCHJ tomonidan 420 million so‘m mablag‘ va jarima sifatida yana 42 million so‘m iste’molchi foydasiga undirib berildi.
Agarda sizning huquqlaringiz buzilsa, 1091 ishonch telefoni va @PotrebitelUz_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati