39 yoshli Luis Suares JCh-2026 da o‘ynashga tayyor
«Liverpul» va «Barselona» klublaridagi o‘yinlari bilan tanilgan 39 yoshli hujumchi Luis Suares JCh-2026 da ishtirok etish uchun Urugvay milliy terma jamoasiga qaytish ehtimolini inkor etmadi.
«Agar meni chaqirishsa, terma jamoaga hech qachon rad javobini bermayman. Ayniqsa, jahon chempionati oldidan. O‘shanda men jamoani tark etish va yoshlarga yo‘l berishga qaror qilgan edim. Aytilmasligi kerak bo‘lgan gaplarni gapirib yuborgandim. Ammo buning uchun allaqachon uzr so‘radim», — deya hujumchining so‘zlarini keltirmoqda EFE axborot agentligi.
Eslatib o‘tamiz, tajribali markaziy hujumchi 2024-yilning kuzida milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi. Bo‘lajak mundialda Urugvay terma jamoasi Ispaniya, Saudiya Arabistoni va Kabo-Verde jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.