388 dona baliq 105 million so‘mga tushdi
O‘zbekiston Tabiat resurslari vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari hamkorligida Sardoba tumanida nazorat reydi tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida Sardoba suv omboridan fuqarolar S.Q va Sh.E lar tomonidan 2023 yil 13 mart kuni soat 22:00dan 14 mart soat 2:30ga qadar vaqt oralig‘ida o‘zlariga tegishli bo‘lgan 2 dona rezina qayiq, 4 dona eshkak va 4 dona uzunligi 320 metr bo‘lgan ta’qiqlangan baliq tutish quroli, ya’ni leskali to‘r yordamida jami 6 turdagi 388 dona baliqlarni noqonuniy ravishda ovlaganlik holati aniqlandi.
Sodir etilgan huquqbuzarlik holati yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, hayvonot dunyosiga yetkazilgan 105 million 870 ming so‘mlik zarar miqdori belgilandi.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rish maqsadida prokuratura organiga taqdim etish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Sh. Suyarov, O‘zA