300 nafar pedagogga kasbiy qayta tayyorlash diplomlari topshirildi (+video)
Yurtimizda pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda huquqiy ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan tizimli islohotlar izchil davom etmoqda.
Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus hamda professional ta’lim muassasalarida huquqiy fanlardan dars berayotgan oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagoglar uchun kasbiy qayta tayyorlash kurslari tashkil etilmoqda.
Bugun esa ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan qariyb 300 nafar pedagogga kasbiy qayta tayyorlash diplomlari tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur kurslarning o‘ziga xos jihati shundaki, ular pedagoglar uchun mutlaqo bepul amalga oshiriladi. To‘rt oy davom etadigan o‘quv jarayoni Institutning maxsus elektron ta’lim platformasi orqali masofaviy shaklda tashkil etilib, tinglovchilarga ish faoliyatidan ajralmagan holda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash imkonini beradi.
Mazkur kurslar nafaqat pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, balki yosh avlodga huquqiy bilimlarni sifatli yetkazish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish va ta’lim tizimini malakali kadrlar bilan mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
<iframe width="560" height="320" src="https://www.youtube.com/embed/xIrzjhboLOQ" title="300 nafar pedagogga kasbiy qayta tayyorlash diplomlari topshirildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Salimjon Obidjonov, O‘zA