30 ming donadan ziyod tramadol qayerdan keldi?
Hozirda N. Sh. va L. Sh.larga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, dastlabki tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati Fargʻona viloyat boshqarmasi hamda boshqa huquq tartibot idoralari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan giyohvandlik vositalarini oʻtkazish, qonunga xilof ravishda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarini sotishga qarshi kurashish yoʻnalishida tezkor tadbir amalga oshirildi.
Uchkoʻprik tumanida yashovchi N.Sh. va L.Sh.lar Toshkent shahridan 30 ming 120 dona tramadol vositalarini Qoʻqon shahriga olib kelayotganida Dangʻara tumanidagi sobiq Chagʻali post maskanida qoʻlga olindi.
Hozirda N. Sh. va L. Sh.larga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, dastlabki tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.