298 ming 627 nafar bola emlashning 2-bosqichini oldi
9 fevral holatiga ko‘ra, yurtimizda 781 158 doza Pfizer vaksinasi bilan 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar ixtiyoriy ravishda emlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bu haqda xabar qildi.
Ulardan 1-bosqich emlanganlar 482 531 nafarni, 2-bosqich emlanganlar 298 627 nafarni tashkil qildi.
Xususan, bolalarni koronavirusga qarshi emlash jarayoni Farg‘ona (181 916 doza), Samarqand (110 779 doza), Andijon (84 950 doza), Qashqadaryo (71 489 doza), Namangan (70 080 doza) viloyatlarida yuqori ekani ahamiyatli.