250 ishtirokchiga ishga yoʻllanma berildi
Xorazm viloyati Urganch shahrida oʻtkazilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasida 820 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yoʻllanma berildi.
Xorazm viloyati Urganch shahrida oʻtkazilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasida 820 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yoʻllanma berildi.
Viloyat hokimligi, prokuratura, bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan yarmarkada 807 korxona, tashkilot va muassasa 4 ming 371 boʻsh ish oʻrni bilan ishtirok etdi.
Yarmarkada 127 nafar fuqaro qayta kasbga oʻqitish boʻyicha, 434 nafar kishi xaq toʻlanadigan jamoat ishlariga, 250 dan ziyod ish bilan band boʻlmagan aholi va kasb-hunar kolleji bitiruvchilari doimiy ishga joylashish uchun yoʻllanma oldi.
Tadbir doirasida hududdagi tijorat banklari xotin-qizlar, yoshlar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida muvaffaqiyatli kichik biznes loyihalari boʻyicha koʻrgazmali taqdimotlar oʻtkazdi.




