25 nafar jangari yo‘q qilingan
Afg‘oniston milliy armiyasidagi manba ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatdagi xalqaro tinchlikparvar kuchlar tomonidan olib borilgan harbiy harakatlar natijasida tolibonlarning 25 nafar jangarisi yo‘q qilingan, yana uch nafari jarohatlangan.

“Khaama Press” xabariga ko‘ra, tinchlikparvar kuchlar Murg‘ob tumanidagi tolibonlar nazoratidagi hududga uchuvchisiz uchar ob’ektlardan foydalanib zarba bergan.
Tolibonlar hozircha bu ma’lumotga izoh bermagan.