2,3 milliard so‘mga yaqin mablag‘ fermerlarga qaytariladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmlari va qo‘llanilgan tariflarning qonunchilik talablariga muvofiqligi o‘rganildi.
Qo‘mita matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘rganishlar natijasida, amaldagi qonunchilik hujjatlarida elektr energiyasi ta’minotida zarur bo‘lgan vositalarni o‘rnatish “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari” AJga yuklatilgan bo‘lsa-da, o‘zining tabiiy monopoliya sub’ekti ekanligidan foydalanib, ushbu vositalar fermerlardan undirilayotgani, ya’ni 170 ta tadbirkorlik sub’ektidan 2,3 milliard so‘mga yaqin mablag‘ undirish holati aniqlangan.
Mazkur holat bo‘yicha qo‘mita tomonidan “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari” AJga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rildi.
bugungi kunda ushbu qonunga zid ravishda olingan 2,3 milliard so‘mga yaqin mablag‘ni fermerlarga qaytarish (qayta hisob-kitob) ishlari olib borilmoqda.
O‘zA