2028-yilda Samarqand Xalqaro kosmik kongressiga mezbonlik qiladi
2028-yilda Samarqandda koinotni o‘zlashtirish bo‘yicha jahondagi eng yirik tadbirlardan biri – Xalqaro kosmik kongressi bo‘lib o‘tadi. Kosmik agentliklar vakillari, olimlar, muhandislar va ekspertlar koinot texnologiyalarini rivojlantirish va xalqaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida ko‘hna shaharda jamlanadi.
Ushbu tadbirni O‘zbekistonda o‘tkazilishi mamlakatimiz uchun xalqaro ilmiy-texnologik aloqalarni mustahkamlash va davlatimizni kosmik tadqiqotlar sohasida targ‘ib qilishda yangi imkoniyatlarni ochadi.

2026-yilgi kongress Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan. Unda dunyoning 111 mamlakatidan 10 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Unda yoshlar o‘rtasida ilm-fanni targ‘ib qilishga qaratilgan ilg‘or texnologiyalar, interfaol ekspozitsiyalar va loyihalar namoyish etildi.
Navbatdagi forum 2027-yilda Polshaning Poznan shahrida, 2028-yildagisi Samarqandda va 2029-yilgi kongress Jenevada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Aziza Alimova, O‘zA