2026-yil yashash uchun eng yaxshi va eng yomon davlatlar reytingi e’lon qilindi (+video)
Rumavi tahliliy kompaniyasi tomonidan 184 ta mamlakat bo‘yicha tuzilgan global reytingda Estoniya dunyodagi eng qulay davlat deb topildi.
Estoniya 72,8 ball bilan Singapur (72,6) va Malayziyani (72,0) ortda qoldirib, xavfsizlik hamda qulay startap muhiti hisobiga yetakchiga aylandi. Kuchli yigirmatalikning yarmini Yevropa davlatlari egalladi, Portugaliya, Chexiya hamda Malta kabi mamlakatlar yuqori o‘rinlarni qayd etdi.
AQSH qimmat yashash xarajatlari va sog‘liqni saqlashdagi muammolar sababli 60,0 ball bilan ro‘yxatda atigi 107-o‘rinni egallab, pastki qismdan joy oldi. Yashash uchun eng og‘ir va noqulay davlatlar ro‘yxatida esa siyosiy beqarorlik hamda past xavfsizlik tufayli Afg‘oniston va Yaman oxirgi o‘rinlarga tushdi.
Eng yomon yigirmatalikning 13 tasi Afrika qit’asiga to‘g‘ri keldi, Janubiy Sudan esa qit’adagi eng quyi ko‘rsatkichga ega davlat sifatida qayd etildi.
Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, O‘zA