2025-yilda qariyb 8 ming muhojir “g‘oyib bo‘ldi”
2025-yilda dunyo bo‘ylab migratsiya yo‘nalishlarida qariyb 8 ming kishi halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. Xalqaro migratsiya tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 2014-yildan beri bu ko‘rsatkich umumiy hisobda 80 mingdan oshib ketgan. Mutaxassislar bu raqamlar haqiqiy holatdan anchayin past ekani, muammo yanada keng ko‘lamli bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.
Tashkilot ekspertlari fikricha, xavfsiz va qonuniy yo‘llar cheklangani odamlarni xavfli safarlarga majbur qilmoqda. Shu bois minglab muhojirlar dengiz va cho‘llar orqali o‘tishga urinib, hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili 3 mingdan ortiq migrant Yevropaga olib boruvchi dengiz yo‘llari orqali harakatlanib, ularning ko‘pchiligi aynan shu yo‘llarda halok bo‘lgan. Shuningdek, Afrikadan Kanar orollariga yo‘nalgan yo‘l ham xavfli marshrutlar qatorida qolmoqda.
Mutaxassislar migratsiya yo‘nalishlari doimiy ravishda o‘zgarib borayotganini aytmoqda. Qurolli mojarolar, iqlim o‘zgarishi va siyosiy qarorlar odamlarni yangi va yanada xavfli yo‘llarni tanlashga majbur qilmoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA