16 yillik turmush nihoyat rasmiylashtirildi (+video)
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani “Olmazor” MFY yashovchi Oqilboy Hamroyev turmush o‘rtog‘i bilan 16 yildan buyon shar’iy nikoh asosida birga hayot kechirib kelayotgan edi. Mahalladagi ijtimoiy xodim fuqaroning ushbu muammosini aniqlagach, “Inson” markazining huquqiy masalalarda ekspert maslahatchisiga murojaat qildi va oilaning ijtimoiy holati inobatga olinib, tuman FHDYO tomonidan fuqaroning nikohi imtiyozli ravishda qayd etilishiga ko‘maklashildi.
Rasmiy nikoh Oqilboy Hamroyev va uning oilasi uchun muhim qadam bo‘ldi. Ular endi huquqiy jihatdan ham to‘liq oila sifatida tan olinib, farzandlariga tegishli huquq va imkoniyatlar yaratiladi.
[gallery-22208]
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/yuupDQkwUnA" title="16 yillik turmush nihoyat rasmiylashtirildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Shahriyor ORTIQBOEV (surat va video), O‘zA