16 noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, ayrim tumanlarda qorga aylanishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi tumanlarda qorga aylanishi mumkin. Joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ayrim tumanlarda qorga aylanishi mumkin. Joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda kuchayishi mumkin. Joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
15 noyabr kuni respublikamiz bo‘ylab shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida sekundiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin.
15-16 noyabr kunlari Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li tumanlarida yomg‘ir yog‘ishi, yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi, ayrim tumanlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Shu bois tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi mumkin.
O‘zA