16 aprel jahon voqealari qisqa satrlarda
Samolyot boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yuz bergan aviahalokatda 6 kishi halok bo‘ldi.
Chili. Samolyot boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yuz bergan aviahalokatda 6 kishi halok bo‘ldi.
Ispaniya. Madriddagi bir necha davlatlar elchixonalari joylashgan binoda yuz bergan favqulodda holat tufayli binoda evakuatsiya ishlari amalga oshirildi.
Liviya. Mamlakatda bir necha kundan buyon davom etib kelayotgan qurolli harakatlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 174 taga yetdi.
Qozog‘iston. Nur-Sulton shahrida Kaspiy dengizi bo‘yicha yuqori darajadagi ishchi guruhning ikkinchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.
Pokiston. Mamlakat janubida yuz berayotgan qum bo‘ronlari va suv toshqinlarida halok bo‘lganlar soni 25 taga yetdi.