13 nafar bokschi qizimiz bugun Osiyo chempionligi uchun jang o‘tkazadi
Bugun, 15-iyul kuni Indoneziyada poyoniga yetib borayotgan Osiyo chempionatida bokschi qizlar o‘rtasida qit’a chempionlari nomi ma’lum bo‘ladi.
Umumiy hisobda U19 va U23 yosh toifasidagi bokschi qizlar o‘rtasida 20 ta final janglari tashkil etilsa, uning 13 tasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ishtirok etadi.
Juftliklar bilan tanishing:
U19
-51 kg: Nazokat Mardonova – Chandrika Pujari (Hindiston)
-54 kg: Sabrina Chakomanova – Joyshreye Devi (Hindiston)
-60 kg: Sevara Mamatova – Chahat (Hindiston)
-65 kg: Rushanabonu Isoyeva – Yu-Tong Vong (Xitoy Taypeyi)
-70 kg: Maftuna Yangiyeva – Kamila Ospanova (Qozog‘iston)
-75 kg: Samira Turg‘unova – Anshika (Hindiston)
U 23:
-51 kg: Gulsevar Ganiyeva – Anita Adisheva (Qozog‘iston)
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova – Uljan Sarsenbek (Qozog‘iston)
-60 kg: Mushtariybonu Ibroximjonova – Nikita Chand (Hindiston)
-65 kg: Sevinch Xurramova — Kajal (Hindiston)
-70 kg: Rayhona Qurbonboyeva – Aziza Issina (Qozog‘iston)
-80 kg: Ruxshona Parpiyeva – Kuralay Yeginbaikizi (Qozog‘iston)
+80 kg: Sobiraxon Shaxobiddinova – Priyanka (Hindiston)
T. Ro‘ziyev, O‘zA