1- va 4- kurslar uchun o‘qish majburiymi?
"Oliy ta’lim muassasalarida qanday tartibda o‘quv yili an’anaviy shaklga o‘tkaziladi?" mavzusidagi matbuot anjumanida ayni mavzudagi savolga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqovning javob berishicha, OTM imkoniyatlarini o‘sha muassasa rektori ko‘rib chiqadi.
1-kurs talabalari pandemiya sababli OTMga o‘qishga kirganini to‘liq his etgani yo‘q. Shuningdek, bitiruvchi kurs talabalari uchun ham an’anaviy o‘qish muhim ahamiyatga ega. Shu jihatlar inobatga olinadi.
Talaba an’anaviy yoki masofaviy o‘qishni tanlashi OTM fakultet dekanlari tomonidan talabaning arizasiga asosan ko‘rib chiqiladi. Arizalar onlayn ravishda ham qabul qilinmoqda. Asosan 1-kurs talabalarini oliy ta’lim muassasalariga jalb qilgan holda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
O‘zA