1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi
2022-2023 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari 20 iyundan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik axborotida qayd etilishicha, maktablarga biriktirilgan mikrohudud bo‘yicha qabul jarayonlari joriy yilning 20 iyunidan 31 iyuliga qadar amalga oshiriladi. Umumta’lim maktablarining bo‘sh o‘rinlariga mikrohududdan tashqari qo‘shimcha qabul jarayonlari 2022 yilning 1-15 avgust kunlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning markazidagi umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda tashkil etiladi.
O‘zA