1 milliard 20 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Ohangaron tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Ohangaron tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida, fuqaro G.R. boshqaruvida bo‘lgan “Isuzu”, fuqaro K.B. boshqaruvidagi “Lasetti” va fuqaro D.S.ga tegishli bo‘lgan“Lasetti” rusumli avtoulovlar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashinalar yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 1 milliard 20 million so‘mlik jami 13 turdagi parfyumeriya va tibbiyot anjomlari yashirilganligi ma’lum bo‘ldi.
102 million so‘mlik dorilarni noqonuniy sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi
Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Chilonzor tumanida fuqaro M.N. boshqaruvidagi “Jentra” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashinada sifati kafolatlanmagan 300 dona “Tropikamid 10ml/mg” dori vositalari borligi aniqlandi.
Tezkor tadbir tadbir davom ettirilib, Yakkasaroy tumanida to‘xtab turgan, fuqaro S.A. boshqaruvidagi “Jentra” rusumli avtomashina ham tegishli tartibda ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv davomida avtomashinada 10 ming 509 xil dori vositalari yashirilganligi aniqlandi.
Shuningdek, yuqoridagi sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdosida faol ishtirok etgan fuqaro M.N. 10,5 million so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Ushbu shaxs qo‘lga olinganidan so‘ng o‘z ixtiyori bilan 300 dona“Tropikamid 10ml/mg” dori vositalarini tadbir ishtirokchilariga topshirdi. O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida umumiy qiymati 102 million so‘mlik 600 dona “Tropikamid 10ml/mg” va 10 ming 509 dona 40 nomdagi dori vositalari ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
ma’lumotlari asosida tayyorlandi.