Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

24.08.2018 11:19 Chop etish versiyasi

“Zaryadya” bogʻi diqqatga sazovor joylar qatorida

“Zaryadya” bogʻi diqqatga sazovor joylar qatorida
Amerikaning TIME jurnalining avgust oyi nashrida Moskvadagi “Zaryadya” istirohat bogʻi dunyoning diqqatga sazovor maskanlari (Worldʻs Greatest Pleaces) qatoriga kiritilganligi eʻlon qilindi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Jurnal sahifalarida bogʻ hududida konsert zali, muzdan qurilgan gʻor, Moskva daryosi ustidan oʻtuvchi bumerang shakldagi koʻprik mavjudligi hamda boqqa faoliyatini boshlagandan to shu kunga qadar oʻn millionga yaqin aholi tashrif buyurganligi haqidagi maʻlumotlar qayd etilgan.

2017-yilning sentyabr oyida oʻz faoliyatini boshlagan bogʻning dizayni AQSHning Manxetten shtatidagi Xay-Layn bogʻi loyihasi ustida ish olib borgan Amerikaning Diller Scofidio+Renfro tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan.

Z.Mirzaboyeva, OʻzA
1 646