Tojikistonning Xatlon viloyatidagi Baljuvon tumanida “Ural” yuk mashinasi ishtirokida yuz bergan fojia oqibatida olti kishi halok bo‘lib, sakkiz kishi jarohat oldi.

Tuman administratsiyasining ma’lum qilishicha, hodisa 8 aprel kuni Doshmandi qishlog‘ida yuz berdi. Manbaning so‘zlariga qaraganda, jabrdiydalar shifokorlar nazoratida kasalxonada davolanmoqda.

«Ularning ahvoli nihoyatda og‘ir. Ular turli darajada jarohat oldi. Kechagi tunda bemorlardan birini operatsiya qildik», – deydi manba.

Avtohalokatning guvohi bo‘lgan aholining aytishicha, mashina balandlikka ko‘tarilayotgan edi, haydovchi hodisaning oldini olish maqsadida yo‘lovchilardan mashinadan tushishni va piyoda borishni so‘radi. Bir nechta yo‘lovchi tushdi, biroq shunga qaramay avtomobil balandlikka ko‘tarila olmadi va pastga ag‘darilib ketdi.

«Pastga tushganlarning ayrimlarini mashina bosib ketdi», – deydi guvohlardan biri.

Avtohalokatda jabrlanganlar orasida mahalliy ma’muriyatning moliya bo‘limi sobiq boshlig‘i Zarif Sa’diev va uning o‘g‘li ham bor. Ularning har ikkisi og‘ir jarohat olgani bois shifoxonaga yotqizildi.

Aholi mana shu fojiadan so‘ng, hukumat Sarixosorgacha yo‘l qurish bilan shug‘ulanishga umid qilmoqda. Ularning so‘zlariga qaraganda, har yili mazkur yo‘lda yuz beradigan YTH oqibatida insonlar halok bo‘ladi.

Sarixosor jamoati – Baljuvandagi eng katta qishloqdir. Mahalliy yo‘llardan asosan «Ural» va «UAZ» mashinalari yuradi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi