O‘zA O`zbek

29.03.2020 Chop etish versiyasi

Yevropa yozgi vaqtga oʻtmoqda

Yevropa yozgi vaqtga oʻtmoqda

Yevropaning aksariyat mamlakatlari yakshanba kunga oʻtar kechasi tunda soat millarini bir soat oldinga surdi, yaʼni yozgi vaqtga oʻtildi, deb maʼlum qildi Finlandiya transport va kommunikatsiya vazirligi.

“Yozgi vaqtga oʻtish shanbadan yakshanbaga oʻtar kechasi amalga oshiriladi. Soatlar yakshanba kuni soat 3:00 da bir soatga oldinga surib qoʻyiladi”, - deyiladi xabarda.

Vazirlikning aniqlik kiritishicha, “Finlandiya hali ham Yevropa Ittifoqida “vaqtni surishga chek qoʻyish” tashabbusini ilgari surib keladi”.

Finlandiya bu borada Boltiqboʻyi va Shimoliy Yevropa mamlakatlari bilan bahs-munozara yuritib keladi. Faqat Daniya ushbu bahslarda ishtirok etishni rad etgan.

Ayni damda Finlandiyaning Yevropa Ittifoqida vaqtni surish tajribasiga chek qoʻyish boʻyicha ilgari surayotgan ushbu tashabbusi hayotga joriy qilinish jarayonida turibdi. Yevropa parlamenti 2019-yil bahorda finlar taklifini maʼqullab ovoz bergandi. Endi u 2021-yildan kuchga kirishi kerak.

845
OʻzA