O‘zA O`zbek

09.07.2020 Chop etish versiyasi

Yevropa standartlashtirish tashkiloti vakillari bilan videokonferensiya boʻlib oʻtdi

Yevropa standartlashtirish tashkiloti vakillari bilan videokonferensiya boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi elchixonasi, “Oʻzstandart” agentligi va Qurilish vazirligi hamkorligida Yevropa standartlashtirish tashkiloti (CEN) vakillari janob Ashok Ganesh va Erik Marchand bilan videokonferensiya tashkil etildi.

Oʻtkazilgan muloqotda bugungi kunda qurilish sohasi uchun zarur boʻlgan Yevropa standartlari va ularning oʻrni, standartlar savdodagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etishda va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim boʻgʻin ekanligi, mamlakatimizda qurilish sohasida olib borilayotgan yangi islohotlar zamirida Yevropa va xalqaro standartlariga mos keladigan sifat infratuzilmasini yaratish, qurilayotgan yangi turdagi binolarni jahon andozalariga mos ravishda qurish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xalqaro bozorda salohiyatini oshirish, innovatsiyalarni joriy etish, kadrlar tayyorlashda Yevropa Ittifoqining texnik koʻmagini olish masalalariga urgʻu berildi.

Uchrashuvda “Oʻzstandart” agentligi va Yevropa Standartlashtirish Tashkiloti (CEN) oʻrtasida hamkorlik bitimi imzolanganligi alohida qayd etilib, imzolangan hujjat Yevropa Standartlashtirish Tashkiloti (CEN) standartlarini olish va ulardan keng foydalanish imkoniyati yaratilishi taʼkidlab oʻtildi.

Onlayn muloqot natijalariga koʻra, Yevropa standartlarni samarali joriy etish yuzasidan Yevropa Standartlashtirish Tashkiloti (CEN)ning texnik ekspertlari bilan onlayn uchrashuvlar tashkil etish va keng koʻlamli doimiy hamkorlik qilishga kelishib olindi.

“Oʻzstandart” agentligi Matbuot xizmati

1 525
O'zA