O‘zA O`zbek

24.07.2020 Chop etish versiyasi

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga COVID-19 bilan kurashish uchun 1,2 milliard yevro ajratadi

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga COVID-19 bilan kurashish uchun 1,2 milliard yevro ajratadi

Ukraina va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida Kiyevga koronavirus bilan kurashish uchun 1,2 milliardlik makromoliyoviy yordam toʻgʻrisida kredit bitimi va memorandum imzolandi, dedi Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal.

“Ukraina Yevropa Ittifoqidan 1,2 milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordam oladi. Biz Yevrokomissiya bilan memorandum va kredit bitimini imzoladik”, - deb yozdi Shmigal oʻzining Facebookdagi sahifasida.

Uning taʼkidlashicha, makromoliyaviy yordam Kiyevga alohida dastur doirasida ajratilmoqda. Ushbu dastur boʻyicha oʻnta davlatga pandemiya oqibatlarini bartaraf qilish uchun moliyaviy yordam ajratilmoqda.

Bundan avval AQSH Ukrainaga koronavirusga qarshi kurashish uchun 17,3 million dollar ajratgan edi.

1 695
OʻzA