O‘zA O`zbek

14.04.2020 Chop etish versiyasi

Yevropa Ittifoqi Tojikistonga koronavirus profilaktikasi uchun 48 million dollar beradi

Yevropa Ittifoqi Tojikistonga koronavirus profilaktikasi uchun 48 million dollar beradi

“Aziya plyus” agentligining xabar berishicha, ushbu mablagʻ Tojikistonda koronavirus profilaktikasi va uning oqibatlarini yumshatish uchun ajratilmoqda.

Bu haqda Yevropa Ittifoqining Tojikistondagi vakolatxonasi rahbari Merilin Djozefsonning Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddinov bilan 13-aprelda boʻlib oʻtgan uchrashuvida maʼlum qilindi.

Bundan avvalroq Tojikistonda “COVID-19 sharoitida epidemiologik vaziyatni yaxshilash choralarini koʻrish va insonparvarlik yordamlarini muvofiqlashtirish maqsadida” bank hisobi ochilgan edi.

“Ushbu hisobga oʻtkazilgan barcha mablagʻ respublikada sanitar va epidemiologik vaziyatni yaxshilash uchun koʻriladigan choralarga va aholining sogʻligʻini himoyalashga sarflanadi. Yordam xalqaro tashkilotlardan, xayriya fondlaridan, doʻst mamlakatlardan, xususiy shaxslardan va tadbirkorlardan qabul qilinmoqda”, — deyiladi mazkur xabarda.

1 516
OʻzA