O‘zA O`zbek

04.10.2018 Chop etish versiyasi

Yevropa Ittifoqi miqyosining kengaytirilishi haqida

Yevropa Ittifoqi miqyosining kengaytirilishi haqida

Yevropa Ittifoqi miqyosining kengaytirilishi hozirda kun tartibidagi dolzarb masala emas. 

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian “La Depeche” gazetasiga bergan intervyusida shu haqda fikr bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, Yevropa Ittifoqi hozirgi bosqichda oʻzi bilan hamkorlik qilish istagidagi mamlakatlar bilan aloqani mustahkamlashni maqsad qilgan. Bular qatorida Ittifoq tarkibiga kirishga intilayotgan mamlakatlar ham bor. 

Maʼlumot uchun, hozirda 28 ta davlat Yevroittifoqqa birlashgan. 2019 yilning martida Buyuk Britaniya uning tarkibidan chiqadi. Albaniya, Makedoniya, Serbiya, Turkiya va Chernogoriya esa rasman Yevroittifoqqa kirishga nomzod sanaladi.

2 111
OʻzA