O‘zA O`zbek

09.10.2019 Chop etish versiyasi

Yevropa Ittifoqi Brexit boʻyicha Buyuk Britaniyaga yon berishga tayyor

Yevropa Ittifoqi Brexit boʻyicha Buyuk Britaniyaga yon berishga tayyor

Yevropa Ittifoqi Brexitga aloqador masalalardan biri muhokama qilinadigan muzokaralarda Buyuk Britaniyaga yon berishga rozi.

“The Times” gazetasining xabar berishicha, YEI diplomatik manbalari Bryussel Shimoliy Irlandiya Assambleyasiga (bir palatali parlament) mintaqaning Brexitdan keyin Yevropa Ittifoqi standartlariga qancha vaqt amal qilishi kerakligini hal qilish huquqini berishga tayyorligini taʼkidlagan.

“Yevropa Ittifoqi Brexit bitimini muhokama qilishda Buyuk Britaniyaga imtiyoz berishga tayyor, Shimoliy Irlandiya Assambleyasiga oldindan belgilangan muddat tugaganidan keyin yangi ”bekstop“ rejimini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga imkon beradigan mexanizmni yaratishga rozilik bermoqda”, deb yozadi gazeta.

Nashr manbalariga koʻra, Bryussel Brexit boʻyicha imtiyoz evaziga Londonga Irlandiya dengizida yagona bojxona chegarasi toʻgʻrisidagi kelishuvni taklif qilmoqda.

416
Malohat Husanova, OʻzA