Yevropa ittifoqi Buyuk Britaniyaning ittifoq tarkibidan chiqishiga oid bitim loyihasini yakunlash arafasida. Bu haqda dushanba kuni Yevrokomissiya rasmiy vakili Margarit Sxinas Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

“Hozir biz ikki masalada ish olib bormoqdamiz: birinchisi – o‘tish davriga oid shartnoma bo‘lsa, ikkinchisi – Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishi bo‘yicha kelishuvni yakunlashdir”, dedi Margarit Sxinas.

Uning fikricha, kelishuv loyihasi yaqinda tayyor bo‘ladi. “Biz har ikki masala borasida kutilgan natijalarga yaqin turibmiz. Shunga qaramasdan mazkur loyihalarni yakuniga yetkazish bo‘yicha aniq sanani aytish fikridan yiroqman. Ammo tayyor bo‘lgach, uni, albatta sizning e’tiboringizga havola qilamiz”, deya qo‘shimcha qilgan Yevrokomissiya rasmiy vakili.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 23-fevral kuni Bryusselda Yevropa ittifoqiga a’zo 27 davlat vakillarining norasmiy sammiti o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu sammit doirasida katta ehtimol bilan Brexit bo‘yicha bitim loyihasi muhokama qilinadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yevropa ittifoqi: Brexit bo‘yicha bitim loyihasi nihoyasiga yetmoqda