O‘zA O`zbek

18.02.2020 Chop etish versiyasi

Yevropa Ittifoqi Belarusga nisbatan joriy etgan sanksiyalar muddatini uzaytirdi

Yevropa Ittifoqi Belarusga nisbatan joriy etgan sanksiyalar muddatini uzaytirdi

Yevropa Ittifoqi Belarusga nisbatan qurol yetkazib berish bo‘yicha embargoni, shuningdek, mamlakatdagi to‘rt rasmiy shaxsga joriy qilingan sanksiyalar muddatini yana bir yilga uzaytirdi, deyiladi Yevropa kengashi bayonotida.

Hujjatda aytilishicha, Yevropa kengashi tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq mazkur embargo va sanksiyalarning uzaytirilishi muddati 2021 yilning 28 fevraligacha qilib belgilangan, deyiladi “RIA Novosti“ xabarida.

2 111
O‘zA