O‘zA O`zbek

10.09.2019 Chop etish versiyasi

Yevrokomissiya Ukraina orqali gaz olib o‘tish bo‘yicha Rossiya bilan kelishuvga erishdi

Yevrokomissiya Ukraina orqali gaz olib o‘tish bo‘yicha Rossiya bilan kelishuvga erishdi

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi gaz tranziti masalasi bo‘yicha Yevrokomissiya ishtirokidagi energetika vazirlari darajasida o‘tkaziluvchi muzokaralar 19 sentabr kuniga belgilandi.

Bu haqda “Bloomberg” agentligi yevropalik manbaga asosan xabar beradi. Ma’lumotni Yevrokomissiya tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, 6 sentabr kuni Yevrokomissiya Ukraina orqali gaz olib o‘tish bo‘yicha Rossiya bilan kelishuvga erishgan. Ma’lumot uchun, 23 avgustda “Naftogaz” 2020 yildan Rossiyadan gaz tranziti to‘xtatilishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.

442
O‘zA