O‘zA O`zbek

24.04.2018 14:19 Chop etish versiyasi

Yevrokomissar: Suriyada gumanitar vaziyat yomonlashmoqda

Yevrokomissar: Suriyada gumanitar vaziyat yomonlashmoqda Suriyada gumanitar vaziyat yomonlashmoqda, 13 milliondan ziyod aholi yordamga muhtoj, ularning yarmi bolalar.

RIA Novostining yozishicha, Bryusselda o‘tkazilayotgan mintaqa va Suriya bo‘yicha xalqaro donorlik anjumanida gumanitar yordam va krizis boshqarmasi Yevrokomissari Kristos Stilianides shularni ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra Suriyada yana 2 million aholi gumanitar yordam yetib borishi qiyin bo‘lgan hududlarda yashamoqda.

Kristos Stilianides Yevropa Ittifoqining Suriya aholisiga insonparvarlik yordamini tashkil qilish va uning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashdagi asosiy hamkori mahalliy nodavlat tashkilotlar ekanini ham alohida ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha Bryusselda mintaqa va Suriya bo‘yicha xalqaro donorlik anjumani ochildi.

Malohat Husanova, O‘zA
2 527