O‘zA O`zbek

30.07.2019 13:06 Chop etish versiyasi

Yevroittifoqdan chiqish targʻiboti uchun mablagʻ ajratiladi

Yevroittifoqdan chiqish targʻiboti uchun mablagʻ ajratiladi

Britaniya bosh vaziri Boris Jonson mamlakatning Yevroittifoqdan bitimsiz chiqishini targʻib qiluvchi reklama kampaniyasini uyushtirmoqchi.

Targʻibot uchun uch oyda 100 million funt sarflanadi, deb yozadi The Guardian nashri. Gʻaznachilik boʻyicha kansler Sajid Javid soʻzlariga koʻra, yaqin kunlarda “keskin” Brexitga tayyorgarlik uchun qoʻshimcha 1 milliard funt ajratilishini maʼlum qildi.

Bu mablagʻning oʻndan bir qismi targʻibotga sarflanadi. Ikkinchi jahon urushi davridan buyon bunchalik keng miqyosdagi aksiya oʻtkazilmagan.

O'zA
545