Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.06.2018 14:09 Chop etish versiyasi

Yevroittifoq va NATO keng ko‘lamli sheriklik hujjatini imzolaydi

Yevroittifoq va NATO keng ko‘lamli sheriklik hujjatini imzolaydi
Joriy yilning 11-12 iyul sanalarida bo‘lib o‘tadigansammitda Yevropa Ittifoqi va NATO yetakchilari o‘rtasida keng ko‘lamli sheriklikning yangi deklaratsiyasi imzolanishi kutilmoqda.

Bu haqda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenburg ma’lum qildi, deb yozadi TASS.

Qayd etilishicha, NATOga a’zo davlatlar mudofaa vazirlariningbugun Bryusselda

boshlangankengashida Yens Stoltenberg Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni davom ettirish uchun keng ko‘lamli sheriklikning yangi deklaratsiyasi imzolanishini aytib o‘tgan.

NATO Bosh kotibining eslatib o‘tishicha, 2016 yil Varshavadagi sammitda ikki tuzilma o‘rtasidagi keng ko‘lamli sheriklik deklaratsiyasi ilk marta imzolangan bo‘lgan.

Avvalroq YEIning tashqi ishlar vava xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliyvakili Federika Mogerini NATO bilan imzolanajak keng sheriklikning yangi deklaratsiyasi harbiy harakatchanlik, xususan, Yevroittifoq davlatlarida qo‘shin va texnikalarni joylashtirishni soddalashtirish, kiberxavfsizlik, Iroq kabi masalalarni nazarda tutishini ma’lum qilgan edi.

Malohat Husanova, O‘zA
1 682