O‘zA O`zbek

24.06.2020 Chop etish versiyasi

Yevroittifoq: Iqtisodiyotning tiklanishi va uzoq muddatli rejalar muhokama qilinadi

Yevroittifoq: Iqtisodiyotning tiklanishi va uzoq muddatli rejalar muhokama qilinadi

Yevroittifoqqa aʼzo davlatlar rahbarlari 17-18-iyul kunlari Bryusselda Yevroittifoq Sammitida ishtirok etadi.

Sammit davlat rahbarlarining cheklov choralari qoʻllanilganidan keyingi dastlabki yuzma-yuz muloqoti boʻladi. Bu haqda Yevropa Kengashi raisi Sharl Mishelning rasmiy vakili Barend Leyts “Twitter”da maʼlumot berdi.

Navbatdan tashqari oʻtkaziluvchi Kengashda iqtisodiyotning tiklanishi va uzoq muddatli rejalar muhokama qilinadi. Avvalroq, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen mazkur sanadagi uchrashuv ehtimoli haqida gapirib, iqtisodiy tiklanish strategiyasi amaliyotini kechiktirib boʻlmasligini taʼkidlagandi.

1 995
OʻzA